Osiyo chempionati saralashiga qachon qur’a tashlanishi ma’lum qilindi

  • 23 dekabr, 2021, 11:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

OFK 2022 yil Kuvaytda bo‘lib o‘tadigan futzal bo‘yicha Osiyo kubogi saralash bosqichining qur’a tashlash marosimi vaqtlarini ma’lum qildi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, mazkur musobaqaga qur’a tashlash marosimi 2022 yilning 6 yanvar kuni soat 18:00 da Kuala Lumpurdagi OFK qarorgohida onlayn tarzda o‘tkaziladi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston futzal terma jamoasi Eron bilan birgalikda 1-savatchadan joy olgan. Vakillarimiz Markaziy va Janubiy mintaqa saralashida ishtirok etishadi, bahslar 2022 yilning 1-15 aprel kunlarida o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!