"Osiyo bolalari-2022". Sportchilarimiz medallar jamg‘arishda davom etmoqda

  • 31 iyul, 2022, 11:46
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Rossiyaning Vladivostok shahri mezbonlik qilayotgan "Osiyo bolalari" sport o‘yinlarida vakillarimiz medallar jamg‘arishda davom etmoqda.

Tecno

Yunon-rim kurashchilarimiz o‘zlarining ajoyib g‘alabalari bilan delegatsiyamiz hisobiga salmoqli medallarni taqdim qilishdi. Husniddin Abdukarimov (-44 kg) oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Sarvar Jumaev (-35 kg) va Siman Aslanov (-38 kg) kumush medalni qo‘lga kiritishdi.

Oltin:
-44 kg: Husniddin Abdukarimov

Kumush:
-35 kg: Sarvar Jumaev
-38 kg: Seyman Aslanov.

Terma jamoamiz hisobida yana ikki medal. Engil atletikaning uzunlikka sakrash dasturida qatnashgan hamyurtlarimiz Rustam Abdullaev oltin, Sarvar Meyliev esa kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, engil atletikachilarimiz Rustam Abdullaev (100 m) oltin, Amir Ishonxodjaev (100 m), Karina Karimova (100 m), Islom Tilaboldiev (400 m) va Ruxshona Muhammadinova (3 000m) bronza medallarni qo‘lga kiritishdi. 

Ulyana Nazmutdinova 100 metrga chalqancha suzishda 1.06.75 natija bilan bronza medalini qo‘lga kiritdi.

“Osiyo bolalari” doirasida yunon-rim kurashchilarimiz o‘z ishtiroklarini yakunlashdi. Quvonarlisi, “klastsiklarimiz” bahslarda 1 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza, jami 5 ta medalga sazovor bo‘lishdi. 

Oltin:
-44 kg: Husniddin Abdukarimov

Kumush:
-35 kg: Sarvar Jumaev
-38 kg: Seyman Aslanov
-62 kg: Nurmuhammad Roziqov

Bronza:
-75 kg: Shohjahon Shavkatov.

MOQ matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!