O‘runovning yoshi kichraytirilganmi? Mashhur futbolchi Ostondan shubhalanmoqda!

  • 15 dekabr, 2020, 09:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya futboliga qadam qo‘yganidan beri shov-shuvlarga sabab bo‘layotgan Oston O‘runov yana futbol jamoatchiligi e’tiboriga tushdi. 

Tecno

Rossiya Milliy futbol ligasida “SKA-Xabarovsk” jamoasini boshqarayotgan yaqin o‘tmishning taniqli futbolchisi Sergey Yuran “Spartak” jamoasi transferlariga munosabat bildirar ekan, kelayotgan  shanba kuni 20 yoshini qarshi oladigan Oston O‘runov haqida gapirib, uning yoshi 4-5 yilga kichraytirilganini iddao qildi.

2828208-58329188-2560-1440

- Bizda futbolchilarning yoshi besh yilga, hatto 10 yoshgacha kichraytiriladi. Kokorin masalasi hamon tushunarsiz bo‘lib qolmoqda.  “Ufa”dan futbolchi olindi. Yosh o‘yinchi, deyishmoqda Lekin u aslida hozirgi yoshidan 4-5 yosh katta ekanini hamma biladi. Bu sir emas. Hatto “Spartak” rahbariyati ham hayron bo‘lgandi, - deydi Sergey Yuran.

Albatta, futbol olamida mashhur bo‘lgan mutaxassisning fikri bee’tibor qolgani yo‘q. “Spartak” klubi bunga rasmiy munosabatini bildirib, Yurandan aytgan gaplarining isbotini talab qilmoqda.

- “Spartak” Sergey Yuranning futbol tarixidagi xizmatlarini qadrlaydi va hurmat qiladi. Lekin klub uning sharhi va izohlarini jiddiy qabul qilmaydi. Bunaqa iddaolar, albatta, isbot talab qiladi. Agar u o‘z so‘zlariga faktlar bilan isbot keltira olsa, buni biz mamnuniyat bilan qabul qilishga tayyormiz, - dedi “Spartak”ning jamoatchilik bilan departamenti direktori Anton Fetisov.

O‘z navbatida, Oston O‘runovning Rossiya premer-ligasidagi birinchi jamoasi  “Ufa” rahbariyati ham Sergey Yuranning chiqishiga e’tiroz bildirdi.

- Sergey Yuranning jahon futbolidagi obro‘siga hech qanday shubha yo‘q, lekin gerontologiya bo‘yicha undan kuchli mutaxassislar bor. Oston O‘runovga chetdan qaraganingizda ham hali ancha yoshligi sezilib turadi. Uning “Spartak”da o‘zini buyuk futbolchi sifatida namoyon qila olmayotganiga ham aynan yoshligi sabab bo‘lmoqda. Oston Yuran aytgan yoshga etganida haqiqatan buyuk futbolchiga aylanadi. Yuranga esa, hozirgi jamoasidagi ishlarida omad tilaymiz, - dedi “Ufa” klubi Direktorlar kengashi raisi Rostislav Murzagulov.

large_103

Oston O‘runov 2000 yilning 19 dekabr kuni Navoiyda tug‘ilgan. “Paxtakor” futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Iste’dodli yarim himoyachi professional futbolchi sifatida “Navbahor”da shakllangan. 2017 yilda “Paxtakor”dan “Navbahor”ga o‘tgan Oston o‘sha yili 16 sentyabrda O‘zbekiston milliy chempionatidagi debyut uchrashuvini “Metallurg” jamoasiga qarshi o‘yinda nishonlagan.

Yosh futbolchi rasmiy uchrashuvlardagi birinchi golini 2017 yilning 19 noyabr kuni “Navbahor”ning AGMKga qarshi o‘yinida kiritgan edi.

Oston "Navbahor”da ikki yil to‘p surib, jami 51 ta o‘yinda raqiblar darvozasini uch marta aniq nishonga oldi. U 2018 yilda O‘zbekistonning eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida e’tirof etildi.

e14ba6250684f60392309235505d5030

O‘runov 2019 yilning iyul oyida Toshkentning “Lokomotiv” jamoasiga o‘tdi. Poytaxtliklar safida 13 ta o‘yinda qatnashgan futbolchi o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.

Superligadagi ishonchli o‘yinlari tufayli mutaxassislar e’tiboriga tushgan Oston O‘runov 2020 yilning fevral oyida legionerga aylandi. “Ufa” tarkibida Rossiya premer-ligasida o‘zini ko‘rsata olgan 19 yoshli Oston ufaliklar jamoasida ham uzoq ushlanib qolmadi.

Rossiya futbolining eng mashhur jamoasi “Spartak” uni yozgi transferlar vaqtida 1,5 million evro evaziga transfer qildi. Moskvaliklar safida Oston barcha turnirlarda to‘qqiz marta maydonga tushdi va birinchi golini ham kiritdi.

Ayni paytda Oston O‘runovga Rossiya va Evropadan jiddiy qiziqishlar bo‘layotgani aytilmoqda.

O‘runov noyob futbolchi, Oston uchun kurash kuchayib boradi

“Spartak” Gazizovdan nega voz kechganining asl sababini oshkor qildi. O‘runov transferining daxli yo‘q!

O‘runovning o‘rni qaerda? Hozircha, uch variant bor, lekin bu hali hammasi emas...

“Rubin” chorlayotgan O‘runov Gazizov va Tedesko o‘rtasida talash bo‘lyapti

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!