
O‘runovning ustozi eng istiqbolli murabbiylar o‘nligiga kirdi!
Ispaniyaning AS nashri 45 yoshgacha bo‘lgan murabbiylar o‘nligini tuzib chiqdi. O‘runov harakat qilayotgan "Spartak" klubi bosh murabbiyi Domeniko Tedesko ham ushbu ro‘yxatdan o‘rin oldi.
Kuchli o‘nlikdan quyidagi murabbiylar o‘rin oldi: Yulian Nagelsmann - "Leyptsig", Ruben Amorim - "Braga", Mikel Arteta - "Arsenal", Domeniko Tedesko - "Spartak", Diego Martines - "Granada", Jyulen Stefan - "Renn", Roberto De Dzerbi - "Sassuolo", Jennaro Gattuzo - "Napoli", Marko Roze - "Borussiya" Myunxengladbax va Simone Inzagi - "Latsio".
Fikrlar