O‘runovning jamoasi 4-marta test topshirdi
“Ufa” klubi futbolchilari to‘rtinchi marta koronavirusga qarshi test topshirishdi.
Bu safar jamoaga yana legionerlar kelib qo‘shilishdi. Ufaliklar hozirda "Neftyanik" stadionida mashg‘ulotlarni olib bormoqda.
Hamyurtimiz Oston O‘runov harakat qiladigan “Ufa” 22 turdan so‘ng Rossiya premer-ligasida 9-o‘rinni band qilib turibdi.



Fikrlar