
O‘runov zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan bahsda "Ufa" mag‘lub bo‘ldi
Rossiya Premer-ligasi 6-turidan o‘rin olgan "Ufa" hamda "Krilya Sovetov" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Unda mehmonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Birinchi bo‘limda Nikita Chernov va Maksim Glushenkovning gollari evaziga hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirib olgan mehmonlar ikkinchi taymda 1 kishi kam bo‘lib qoldi. Maydondan chetlatilgan Ejov sababchi bo‘lgan penaltini boshqirdistonliklar to‘purari Agalarov golga aylantirdi. Legionerimiz Oston O‘runov 71-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
Ushbu g‘alabadan keyin "Krilya Sovetov" ochkolari sonini 7taga etkazib oldi va 9-o‘ringa ko‘tarildi. 12-pog‘onadagi "Ufa" hisobida 5 ochko bor.
Fikrlar