O‘runov qaysi jamoada o‘ynashi hal bo‘ldi!

  • 3 iyun, 2021, 11:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Rocsiya premer-ligasida qolgan yagona vakilimiz Oston O‘runov faoliyatini qaysi jamoada davom ettirishi hal bo‘ldi.

Tecno

O‘tgan yozda “Ufa”dan “Spartak” jamoasiga transfer qilingan o‘zbekistonlik yarim himoyachi turli sabablarga ko‘ra, moskvaliklarning asosiy tarkibiga kira olmagan edi. Qishda hamyurtimiz “Ufa”ga ijaraga berildi.

Garchi qishda “Rubin” va mavsum oxirida “Ufa” rahbariyati O‘runovning transfer huquqini to‘la sotib olish bo‘yicha “Spartak”ga murojaat qilgan bo‘lsa-da, poytaxt klubi talab qilgan summa xaridorlarga to‘g‘ri kelmadi.

O‘tgan mavsumda premer-liga va kubok bahslarida jami 19 ta uchrashuvda qatnashib, bitta gol va bitta golli pas muallifi bo‘lgan Oston O‘runov yana Moskva klubiga qaytib bordi.

Klub rahbariyati qaroriga ko‘ra, futbolchimiz kelasi mavsumda Milliy futbol ligasida ishtirok etayotgan “Spartak-2” jamoasi sharafini himoya qiladi.

Milliy futbol ligasining yangi mavsumi 10 iyuldan boshlanadi.

Rossiyada yulduzga aylanishi kutilgan O‘runov nega “sinib” qoldi?

Biz ortiq Shomurodovni ushlab qololmaymiz!

“Milan”ga Shomurodov kerak!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Jovlon Norboyev
03/06/2021 12:40
XUDO XOHLASA SEN O‘ZBEK FUTBOLI KELAJAGISAN BUNGA MENI SHUBHAM YO‘Q LEKIN SEN TO‘XTAB QOLMA SENI O‘YIN QILGANLARNI SEN O‘Z O‘YINING BILAN O‘YIN QIL.
FAQAT SABR BILAN O‘ZINGNI USTINGDA ISHLAGIN.O‘ZINGNI KO‘RSAT.