
O‘runov “Chelsi”dan keladigan yulduz bilan raqobatlasha oladimi?
“Spartak” tarkibini yanada kuchaytirish maqsadida transfer huquqi “Chelsi”ga tegishli bo‘lgan yarim himoyachi Viktor Mozesni olib kelish bo‘yicha ish boshladi.
Nigeriyalik futbolchi ayni paytda “Chelsi”dagi o‘rnini yo‘qotgan va o‘tgan mavsumda ijara asosida “Inter”da to‘p tepdi. Tajribali yarim himoyachi Milan shahri klubi tarkibida barcha turnirlarda 17 ta o‘yin o‘tkazdi xolos.
“Spartak”da yarim himoya chizig‘ida hozirning o‘zida raqobat juda katta bo‘lmoqda. Asosiy tarkibga kirish uchugn to‘qqiz nafar yarim himoyachi o‘zaro kurashmoqda. Ulardan Oston O‘runov va Aleks Kral legionerlardir. Oston O‘runovning o‘zi premer-liganing o‘ninchi turiga kelib, birinchi marotaba asosiy tarkibda maydonga tushdi. Bosh murabbiy Domeniko Tedesko asosan Zelimxan Bakaev, Roman Zobnin, Aleks Kral va Nail Umyarovga imkoniyat bermoqda.
Viktor Mozes maydonning o‘ng qanotida himoyadan hujumgacha bo‘lgan hududda muvaffaqiyatli o‘ynay oladi. U faoliyati davomida Angliyaning “Kristal Pelas”, “Uigan Atletik”, “Chelsi”, “Liverpul”, “Stok Siti”, “Vest Xem Yunayted”, Turkiyaning “Fenerbahche” va Italiyaning “Inter” jamoalari sharafini himoya qilgan.
“Spartak”da O‘runovning o‘rni bormi?
Fikrlar