
O‘rtoqlik uchrashuvi. "Olimpik" "So‘g‘diyona"ni yirik hisobda mag‘lub etdi
Bugun, "Jar" stadioning zaxira maydonida "Olimpik" va "So‘g‘diyona" jamoalari o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. O‘yinda to‘liq ustunlikka erishgan toshkentliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Otabek Jo‘raqo‘ziev dubl muallifiga aylangan bo‘lsa, Ruslan Jiyanov 1 bor raqib darvozasiga yo‘l topdi.
Jamoalar bahsni quyidagi tarkibda boshladi:
Olimpik: Shukron Yo‘ldashev, Muhammadqodir Hamraliev, Behzod Shamsiev, Doston Tursunov, Saidzamat Mirsadiov, Abdurauf Bo‘riev, Muhammadaziz Ibrohimov, Farrux Muxtorov, Otabek Jo‘raqo‘ziev, Temur Mamasidiqov, Ruslan Jiyanov.
So‘g‘diyona: Milan Mitrovich, Sardor Qulmatov, Iskandar Shayqulov, Shahboz Jo‘rabekov, Shohruz Norxonov, Dian Talxatov, Yure Obshivach, Marko Kolakovich, Vitaliy Denisov, Husniddin G‘ofurov, Luka Chermel.
Fikrlar