
O‘rtoqlik uchrashuvi. "Marsel" Runi to‘p suradigan AQSh klubi darvozasiga 8 ta gol urdi
Xabaringiz bor ayni damda dunyoning ko‘plab shaharlarida Evropaning grand klublari o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazishmoqda.
Jumladan, bugun “Marsel” angliyalik mashhur hujumchi Ueyn Runi to‘p suradigan “Di Si Yunayted” klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Gollarga boy kechgan o‘yin 8:1 hisobida frantsuz klubining mutlaq g‘alabasi bilan yakunlandi.
“Di Si Yunayted” (AQSh) – “Marsel” (Frantsiya) – 1:8 (1:1)
Gollar: 0:1 – Strotman, 28. 1:1 – Amarikva, 45. 1:2 – Radonich, 48. 1:3 – Lopes, 52. 1:4 – Sarr, 55. 1:5 – Lopes, 57. 1:6 – Shabrol, 84. 1:7 – Sarr, 85. 1:8 – Kaui, 89.
Fikrlar