
O‘rtoqlik uchrashuvi. "Liverpul" ketma-ket ikki bahsda "Atletik"ni mag‘lub etdi
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish uchun Arne Slot boshchiligidagi "Liverpul" "Atletik Bilbao" bilan ketma-ket ikki uchrashuv o‘tkazdi. Ikki bellashuvda ham APLning amaldagi chempionlari g‘alaba qozondi.
Dastlabki to‘qnashuvda mersesaydliklar 4:1 hisobida muvaffaqiyatga erishgan bo‘lsa, ikkinchi bahsda 3:2 hisobida zafar quchdi.
Ikkinchi o‘yinning eng qiziqarli tomoni shuki - La Liga klubi ikki bor hisobda ortda qola turib, tenglashtirishga erishdi. 14-daqiqada Saloh Ekitikening uzatmasidan so‘ng hisobni ochdi. 29-daqiqada Sanset oradagi farqni yo‘qqa chiqazdi. Shuningdek, Kodi Gakpo ikki bor bilbaoliklar darvozasini ishg‘ol qildi. Bir bora esa avtogol muallifi bo‘ldi.
Shu bilan birga, uchrashuv yakunlanayotgan bir paytda Muhammad Saloh 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalana olmadi.
Fikrlar