
O‘rtoqlik o‘yini. Son maydonga tushmagan o‘yinda Janubiy Koreya Peruga yutqazib qo‘ydi
O‘rtoqlik o‘yini doirasida Janubiy Koreya terma jamoasi kecha Janubiy Amerikaning Peru termasiga qarshi maydonga chiqdi. Unda peruliklar kichik 1:0 hisobida raqibni mag‘lub etdi.
Yagona gol 11-daqiqada kiritildi. Peru futbolchisi Brayan Reyna o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Ma’lumot o‘rnida, Janubiy Koreya keyingi o‘rtoqlik o‘yinida Salvador termasiga qarshi maydonga chiqadi. Uchrashuv 20 iyun kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Fikrlar