O‘rtoqlik o‘yini. "Neftchi" - "Neftchi" - 8:1

  • 20 iyul, 23:26
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Neftchi" klubi o‘z qarorgohida yozgi yig‘in doirasida Qirg‘iz Respublikasidan kelgan Qo‘chqor-otaning "Neftchi" jamoasiga qarshi nazorat o‘yinida bellashdi.

Tecno

Gollarga boy o‘tgan uchrashuvda Vitaliy Levchenko boshchiligidagi farg‘onaliklar 8:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Shu tariqa, ikkita nomdosh jamoalar o‘rtasidagi uchrashuvda tajriba va saviya yaqqol ko‘zga tashlanib qoldi.

"Neftchi"ning yangi hujumchisi Nimeli xet-trikka erishdi va u dastlabki uchta gol muallifiga aylandi. 

"Neftchi" (Farg‘ona) - "Neftchi" (Qo‘chqor-ota, Qirg‘iz Respublikasi) - 8:1
Gollar: Silvanus Nimeli 21' 1:0, Silvanus Nimeli 29' 2:0,Silvanus Nimeli 34' 3:0, Jamshid Iskanderov 40' 4:0, Abrorbek Ismoilov 45' 5:0, Shohrux Yoqubjonov 57' 6:0, Zoran Marushich 63' 7:0, Esanbek Usan olu 67' 7:1, Zoran Marushich 84' 8:1
Bosh hakam: Olim To‘ychiboev
Yordamchi hakamlar: Azizbek Isaqov, Ahrorbek Rahmatov
"Neftchi" 1-bo‘lim : Botirali Ergashev, Muxsin Ubaydullaev, Yovan Jokich, Boyan Tsiger, Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, Abror Ismoilov, G‘ulom-Haydar G‘ulomov, Ikrom Aliboev, Quvondiq Ro‘ziev, Jamshid Iskanderov, Silvanus Nimeli.

"Neftchi" 2-bo‘lim : Akbar To‘raev, Muhammadziyo Adhamjonov, Anvarjon G‘ofurov, O‘tkirbek O‘ktamov, Shoxruh Yoqubjonov, Doniyor Valiev, Muhammadjon Toirjonov (Xenri 60), Bilolxon Toshmirzaev, Omadillo Abdubannopov (Dilshod Sharofutdinov 85), Alisher Odilov, Zoran Marushich.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!