
O‘rtoqlik o‘yini FIFA reytingiga ta’sir qiladi
Rossiya va Grenada milliy terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi FIFA reytingida ochkolarni hisoblashda e’tiborga olinadi.
Avvalroq, Rossiya terma jamoasi 19 mart kuni Moskvadagi "VTB Arena" stadionida Grenada bilan bellashishi ma’lum bo‘lgan edi. Grenada milliy jamoasi FIFA reytingida 174-o‘rinni, Rossiya esa 34-pog‘onani egallab turibdi.
"Ushbu o‘yin FIFA reytingida hisobga olinadi," - dedi Rossiya futbol federatsiyasi (RFF) matbuot xizmati.
Bundan tashqari, Rossiya terma jamoasi 25 mart kuni Zambiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Terma jamoa 6 iyun kuni o‘z maydonida Nigeriya bilan o‘ynasa, 10 iyunda esa Belarus milliy jamoasi mehmoni bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil fevral oyidan boshlab FIFA va UEFA qaroriga ko‘ra, Rossiyaning barcha terma jamoalari va mahalliy klublari xalqaro turnirlardan chetlatilgan.
Fikrlar