One FC turnirida ikki o‘zbekistonlik jang qiladi
20 sentyabr kuni Tailandning Bankok shahrida One Lumpinee 80 turniri tashkil etiladi. Mazkur jang kechasida ikki hamyurtimiz ham navbatdagi janglarini o‘tkazadi. Jumladan, professional muaytay bo‘yicha taniqli vakilimiz Mavlonbek Qahhorov Myanma vakili Tvay Tit Vin Xlangga qarshi jang qilsa, MMA yo‘nalishida Avazbek Xolmirzaev kelib chiqishi qirg‘izistonlik bo‘lgan va Rossiya sharafini himoya qiladigan Bektur Jenishbek Uuluga qarshi bahs yuritadi.
Mazkur jangda har ikki hamyurtimizga omad tilab qolamiz!



Fikrlar