
Onana: "Shunchaki o‘z ishimni qilyapman"
"Manchester Yunayted" EChL 3-turidan o‘rin olgan "Kopengagen"ga qarshi uchrashuvda 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Maguayrning yagona goli "qizil iblislar"ga 3 ochko taqdim etdi. Shuningdek, o‘yindan keyin Onana o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Shunchaki o‘z ishimni qilyapman. Mana shunday davom etishimiz kerak. To‘xtamasligimiz lozim. Biz "Manchester Yunayted"miz, biz katta klubmiz", - dedi 27 yoshli posbon.
Uchrashuvning 97-daqiqasida referi manchesterliklar darvozasi tomon penalti belgiladi. Onana 11 metrlik jarima zarbasini qaytarib, jamoani g‘alaba bilan ta’minladi.
Fikrlar