"Oltin to‘p"ni ololmagan Levandovskiga "Oltin to‘p" sohibi ustozlik qilishi mumkin

  • 31 dekabr, 2021, 23:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus", "Real" va Italiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Fabio Kannavaro Polsha terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin.

Tecno

Sport Interia jurnalisti Sebastyan Stazevskining xabar berishicha, 48 yoshli italiyalik murabbiy bu lavozimda Paulo Sousaning o‘rnini egallaydi. Ayni damda Kannavaro Polsha futbol ittifoqi tomonidan ushbu lavozimga munosib ko‘rilayotgan eng asosiy da’vogar bo‘lib turibdi.

Kannavaroning so‘nggi ish joyi Xitoyning “Guanchjou Evergrand” klubi bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Polsha terma jamoasi JCh-2022 pley-off o‘yinlarining yarim finalida Rossiyaga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!