
"Oltin to‘p" uchun da’vogarlar reytingi yangilandi. Messi kuchli 20 talikni tark etdi
Nufuzli "Goal" nashri "Oltin to‘p"ga da’vogarlar reytingini yangiladi.
Yangilangan ro‘yxatda "Oltin to‘p"ning amaldagi sohibi Lionel Messi kuchli yigirmatalikni tark etdi.
Beshlikda o‘zgarish ro‘y beramadi. Levandovski ("Bavariya"), Benzema ("Real"), Saloh ("Liverpul"), Mbappe (PSJ) va Modrich ("Real") etakchilik qilmoqda.
"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu esa 20-o‘rinni band etib turibdi.
TOP-10 talik ro‘yxat bilan tanishing:
1. Robert Levandovski
2. Karim Benzema
3. Muhammad Saloh
4. Kilian Mbappe
5. Luka Modrich
6. Sado Mane
7. Bernardu Silva
8. Riyad Mahrez
9. Vinisius Junior
10. Trent Aleksandr-Arnold
Fikrlar