
"Oltin butsa" uchun kurashda hozircha Messi va Mbappe etakchilik qilmoqda
Evropaning kuchli beshlik chempionatlari to‘purariga beriladigan an’anaviy “Oltin butsa” mukofoti uchun kurashayotganlar ro‘yxatida joriy haftadagi o‘yinlardan so‘ng ba’zi o‘zgarishlar bo‘ldi.
Ushbu sovrin uchun kurashda hamon "Barselona" forvardi Lionel Messi peshqadamlik qilmoqda. Uning hisobidagi gollar hozircha 26tani tashkil etadi. Ro‘yxatning kuchli uchligidan esa Kilian Mbappe (PSJ, 24) va Fabio Kvalyarella ("Sampdoriya", 20) joy olgan.
Ro‘yxatning kuchli beshligi quyidagicha ko‘rinish olgan:
1. Lionel Messi ("Barselona") - 26 gol
2. Kilian Mbappe (PSJ) - 24 gol
3. Fabio Kvalyarella ("Sampdoriya") - 20 gol
4-5. Kshishtof Pentek ("Milan") - 19 gol
4-5. Krishtianu Ronaldu ("Yuventus") - 19 gol
Fikrlar