
Olmo nega “Barsa”ni tanlaganini aytdi
“Barselona” yaqinda Germaniyada bo‘lib o‘tgan Evropa chempionatlari qahramonlaridan biri Daniel Olmoni qo‘lga kiritdi.
Bundesliga vakili “Leyptsig” kataloniyaliklarning bir necha taklifini rad etganiga qaramay, axiyri tomonlar kelishuvga erishdi.
Bir necha grand klublardan taklif olgan Dani Olmoning o‘zi nega aynan “Barselona”ni tanlaganini quyidagicha izohladi.
- Men “Barselona”ga faqat g‘alaba qozonish va sovrinlarga kurashish uchun o‘tdim. Biz “Barselona”miz va imkoni bor har bir musobaqada bosh sovrinni qo‘lga kiritish uchun kurashishimiz kerak.
Orzum amalga oshganidan juda xursandman. Uyimga qaytganimdan baxtiyorman, - dedi asli “Barselona” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Daniel Olmo.
“Barselona” yangi o‘yinchi bilan 2030 yilning yarmigacha davom etadigan shartnoma imzoladi.
Fikrlar