"Olimpik" "Navbahor" futbolchisi va yana bir futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazdi (foto)

  • 31 iyul, 2023, 22:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Birozdan so‘ng, aniqrog‘i 23:59 da O‘zbekistonda yozgi transferlar oynasi yopiladi. "Olimpik" klubi so‘nggi soatlarda 2 nafar futbolchini O‘zPFLda ro‘yxatdan o‘tkazdi. 

Tecno

Jaloliddin Sodiqov va Asadbek Jo‘raboev endi faoliyatini "Olimpik"da davom ettiradi. Sodiqovning "Qizilqum"dagi ijara muddati yakuniga etgan va u ortga qaytdi. Jo‘raboev esa "Navbahor"dan mavsum yakuniga qadar ijaraga olindi. 

Ma’lumot o‘rnida, "Olimpik" ayni payt Superligada 16 ochko bilan 10-o‘rinni band etib turibdi. 

olim

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!