Olimpiadada ishtirok etish navbati endi shaxmatchilarga

  • 10 sentabr, 2024, 13:38
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Ertaga Vengriya poytaxti Budapesht shahrida Butun jahon XXXXV shaxmat Olimpiadasi start oladi. Unda  dunyoning eng kuchli shaxmatchilari  Olimpiada chempionligi  uchun  kurash olib  boradi.  Halqaro musobaqada 197 ta davlat vakillari qatnashadi. Turnir shveytsarcha tizimda va 11 turdan iborat bo‘ladi.

Tecno

Mazkur nufuzli musobaqada yurtimiz sharafini quyidagi shaxmatchilarimiz himoya qilishadi.

Nodirbek Abdusattorov 
Javohir Sindarov 
Nodirbek Yakubboev 
Shamsiddin Vohidov 
Jahongir Vohidov 
Qizlar:
Afruza Hamdamova 
Nilufar Yakubboeva 
Umida Omonova 
Marjona Malikova 
Nodira Nodirjonova
E’tiborlisi eng ko‘p reyting ochkoga ega terma jamolar ro‘yxatida O‘zbekiston AQSh, Hindiston,Xitoydan so‘ng 4-o‘rinni egallab turibdi. Musobaqa 22-sentyabrga qadar davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Tajigul
10/09/2024 21:21
Juda yaxshi