
Olimpiada ochilishida bayroqlarni qaysi mashhur sportchilar ko‘taradi?
Olimpiya o‘yinlarining rasmiy ochilish marosimida stadion bo‘ylab o‘z mamlakati bayrog‘ini ko‘tarib o‘tish har qanday sportchiga ulkan faxr bag‘ishlaydi.
Parij Olimpiadasida qaysi mashhur sportchilarga bundan sharafli vazifa ishonib topshirilganinai quyidagi ro‘yxatdan bilib olasiz.
AQSh – basketbol bo‘yicha ikki karra olimpiya chempioni LeBron Jeyms va tennis bo‘yicha AQSh ochiq chempionati g‘olibasi Koko Gauff.
Germaniya – basketbol bo‘yicha jahon chempioni Dennis Shreder va dzyudo bo‘yicha jahon chempioni Anna-Mariya Vagner.
Italiya - balandlikka sakrash bo‘yicha olimpiya va jahon chempioni Janmarko Tamberi va qilichbozlik bo‘yicha o‘n karra jahon chempioni Arianna Errigo.
Qatar – balandlikka sakrash bo‘yicha “Tokio-2020” chempioni Mutaz Iso Barshim va engil atletiksi Shahad Muhammad.
Kanada – engil va og‘ir atletika bo‘yicha olimpiya chempionlari – Andre De Grass va Mod Sharron.
Xitoy – stol tennisi bo‘yicha besh karra olimpiya chempioni, 14 karra jahon chempioni Ma Lon va sinxron suzish bo‘yicha sakkio‘ karra jahon chempioni Fen Yuy.
Gruziya – og‘ir atletika bo‘yicha ikki karra olimpiya va etti karra jahon chempioni Lasha Talaxadze va o‘q otish bo‘yicha olti karra jahon chempioni Nino Salukvadze.
Qozog‘iston – boks bo‘yicha jahon chempioni Aslanbek Shimbergenov va engil atletikachi Olga Sforonova.
Ukraina – tennis bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari sovrindori Elina Svitolina.
Armaniston – boks bo‘yicha jahon chempionati sovrindori David Chaloyan.
O‘zbekiston – boks bo‘yicha jahon chempioni Abdumalik Xalakov hamda qilizbozlik bo‘yicha Osiyo o‘yinlari g‘olibasi Zaynab Dayibekova.
Ozarbayjon – boks bo‘yicha jahon chempionati sovrindori Magomed Abdullaev.
Tojikiston - dzyudo bo‘yicha Oisyo o‘yinlari sovrindori Temur Rahimov.
Qirg‘iziston – dzyudo bo‘yicha jahon chempionati sovrindori Erlan Sherov.
Eslatib o‘tamiz, avvalgi ikki Olimpiya o‘yinlarining rasmiy ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘ini ko‘tarib o‘tish boks bo‘yicha mashhur chempion Bahodir Jalolovga ishonib topshirilgan edi.
Fikrlar