Olga Zabelinskaya “Jiro dʼItaliya”da qanday ishtirok etmoqda?

  • 16 sentabr, 2020, 18:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Velosport
CHERY AUTO
Shu kunlarda, Italiya yo‘llari bo‘ylab, “Jiro dʼItaliya” ayollar ko‘pkunlik velopoygasi o‘tkazilmoqda. Bu turnirda O‘zbekiston sharafini tajribali velopoygachimiz Olga Zabelinskaya himoya qilmoqda. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Hozirgacha musobaqada 5 ta bosqich ortda qolib, bugun oltinchi bosqichga start berildi. Kechagi beshinchi bosqich bahslarida sportchilar Terrachina shahrida 110,3 kilometrli masofani bosib o‘tdi.

Hamyurtimiz Zabelinskaya ushbu bosqichda marra chizig‘ini 73-bo‘lib kesib o‘tdi. U musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Marian Vosning natijasidan 10 daqiqa, 36 soniya ortda qolib ketdi. Ma’lumot uchun, Marian Vos gollandiyalik sportchi bo‘lib, musobaqada “CCC” jamoasi nomidan ishtirok etmoqda.

Olga Zabelinskaya "Tokio-2020" Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan ikki velosportchilarimizdan biri hisoblanadi.

Bugun velosportchilar musobaqaning 6-bosqichi doirasida Italiyaning Torre Greko va Nola shaharlari bo‘ylab 97,5 kilometrli masofada g‘oliblik uchun kurash olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!