Oleg Zoteevning oldida Superligaga qaytish varianti ham bor

  • 13 yanvar, 2022, 16:40
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Janubiy Koreya Kubogi sohibiga aylangan hamyurtimiz Oleg Zoteev yaqinda shartnomasi tugagani sababli “Chonnam Dragons” bilan xayrlashgani xususida xabar bergandik.

Tecno

Ungacha ham futbolchiga bir qancha takliflar mavjud bo‘lib, hozirda Oleg agenti bilan birgalikda variantlarni ko‘rib chiqishmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, Janubiy Koreya K-1 ligasi ishtirokchilaridan biri Zoteevga ko‘z tikkan.

Shu bilan bir qator o‘zimizning klublardan ham futbolchi uchun qiziqarli takliflar kelib tushgan. Voqealar rivojiga ko‘ra, agar Oleg Koreya klubi bilan bir to‘xtamga kela olmasa, u holda Superligaga qaytish varianti ham bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!