"Oktagon 27" turnirida jang qiluvchi o‘zbekistonlik MMA vakillari bilan tanishing!

  • 1 fevral, 2022, 15:23
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Xabar berib o‘tganimizdek, 19 fevral kuni Qozog‘istonning mashhur "Oktagon"promousheni navbatdagi turnirini Toshkentda tashkillashtirmoqda. Ya’ni, "Oktagon 27" turniri aynan poytaxtimizda bo‘lib o‘tadi. 

Tecno

Tabiiyki, ushbu jang kechasida bir qator o‘zbekistonlik MMA vakillari oktagonga ko‘tariladi. Ular orasida yurtimizning ushbu sport turi bo‘yicha mashhur vakillari ham bor. 

Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha 19 fevral kuni Nursulton Ro‘ziboev, Avliyoxon Hamidov, Doston Bozorov, Abdul-Aziz Sotvoldiev, Jahongir Jumaev, Hikmatillo Abdullaev, Sharif Kushaev, Anvar Abdullaev, Mirsaid Saparov, Sardor Xudayberdiev, Suhrobbek Otajonov, Islam Baltaev, Sardor Babayanov, Diyorbek Ro‘ziboev, Qurbonali Nurmurodov kabi mashhur va yosh iste’dodli hamyurtlarimiz o‘z janglarini o‘tkazadi. Shuningdek, Shohasan Mirzamatovning ham oktagonga ko‘tarilishi ma’lum qilingandi. Biroq, bu borada aniq to‘xtamga kelingani yo‘q. 

Tez orada ularga kimlar raqib bo‘lishini ham e’tiboringizga havola etamiz. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!