OKMK - "Olimpik". 4-to‘qnashuv oldidan

  • 9 avgust, 2023, 12:14
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi OKMK klubi bu safar Timur Kapadze ustozlik qilayotgan “Olimpik”ga qarshi bahs olib boradi.

Tecno

Superligada mazkur klublar ilk bor o‘tgan yili to‘qnash kelishgan. Ilk rasmiy uchrashuv 2022 yilning 6 iyul kuni bo‘lib o‘tgan. Unda “Olimpik” mezbon sifatida OKMKni 1:0 hisobida mag‘lub etgan. Ikkinchi davradagi bahsda esa Qosimov shogirdlari javobsiz 6 ta gol urishgan.

Bu yilgi mavsumning birinchi davrasidagi bahsda “Olimpik” o‘z uyida OKMKga 0:1 hisobida yutqazib qo‘ygan.

Hozircha bu klublar o‘rtasidagi o‘yinda durang kuzatilmagan. OKMKda 2 ta, “Olimpik” hisobida 1 ta g‘alaba bor. To‘plar nisbatiga ko‘ra OKMK 7\1 ko‘rinishi bilan katta ustunlikka ega. Navbatdagi bellashuv esa jamoalarning o‘zaro 4-o‘yiniga aylanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!