Og‘ir atletika. O‘zbekiston kubogida Osiyo rekordi yangilandi

CHERY AUTO

Xabar berganimizdek, 12-17 sentyabr kunlari Chirchiq shahri og‘ir atletika bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogini qabul qilmoqda.

Tecno

Jumladan, erkaklar o‘rtasida -61 kg vazn toifasida bahslarga kirishgan Diyorbek Ro‘zmetov dast ko‘tarish mashqida 120 kg, siltab ko‘tarishda esa 138 kg, ikki kurash natijasiga ko‘ra 258 kg natijani qayd etib, musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, xorazmlik sportchi dast ko‘tarish mashqida Osiyo rekordini ham yangiladi. Amaldagi rekord boshqa bir hamyurtimiz Husinboy Matrasulovga tegishli edi. 2021 yil Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida vatandoshimiz 119 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirishning uddasidan chiqqan edi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!