
Og‘ir atletika. O‘zbekiston kubogi yakunlandi
4 kun davomida O‘zbekiston davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti manejida bo‘lib etgan og‘ir atletika bo‘yicha mamlakat kubogi yakuniga etdi. Unda 130 nafar erkak va ayol sportchi g‘oliblik uchun supachaga chiqdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko‘ra, sportchilar 10 tadan vazn toifasida musobaqalashdi. Medallar jamg‘arishda Toshkent viloyati jami 9 ta medal (5 ta oltin, 4 ta kumush, 3 ta bronza) bilan 1-o‘rinni egalladi. 2-natijani umumiy 8 ta medal (3-4-1) bilan Samarqand sportchilari qayd etishgan bo‘lsa, kuchli uchlikni 9 ta medal (2-5-2) to‘plagan Xorazm viloyati polvonlari yakunlab berishdi.
Ochko hisobiga ko‘ra eng yaxshi erkaklar jamoasi: Samarqand
Eng yaxshi ayollar jamoasi: Xorazm
Eng yaxshi erkak sportchi: Adhamjon Ergashev (Namangan)
Eng yaxshi ayol sportchi: Nigora Abdullaeva (Buxoro)
Fikrlar