
Og‘ir atletika. Osiyo chempionatida yana bir sportchimiz "porladi!" Madinadan 5 ta medal
Toshkent mezbonlik qilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida yana bir sportchimiz "porladi".
Qit’a birinchiligining navbatdagi kuni Madina Fayzullaeva uchun omadli o‘tdi. U ham o‘smirlar, ham yoshlar toifasida ishtirok etib, jami 5 ta medalni qo‘lga kiritdi.
-76 kg vazn toifasida qatnashgan Fayzullaeva dast ko‘tarishda 82 kg, siltab ko‘tarishda 106 kg, jami 188 kg natija ko‘rsatdi. Bu unga o‘smirlar toifasida har 3 yo‘nalishda oltin, yoshlar kategoriyasida esa dast ko‘tarish va umumiy hisobda bronza medallarini keltirdi.
Mazkur g‘alaba bilan hamyurtimizni tabriklaymiz!
Fikrlar