Og‘ir atletika. Erkaklar terma jamoamiz jahon chempionatida medallar jamg‘arish bo‘yicha ikkinchi bo‘ldi

CHERY AUTO

Saudiya Arabistonida og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati o‘z yakuniga etdi. Parij-2024 Olimpiadasi yo‘lida litsenzion xarakterga ega bo‘lgan mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi munosib qatnashdi.

Tecno

Chempionat davomida sportchilarimiz 4 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallarini jamg‘arishdi. Barcha medallarni yigitlarimiz keltirishdi. Bu orqali erkaklar terma jamoamiz medallar jamg‘arish bo‘yicha Xitoydan so‘ng ikkinchi, ochkolar klassifikatsiyasi bo‘yicha esa Armaniston, Xitoy, Eron, Kolumbiyadan so‘ng beshinchi pog‘onadan joy egalladi. Shohsupaga ko‘tarilgan atletlarimiz:

Oltin medal:
-81 kg: Muhammadqodir Toshtemirov (dast ko‘tarish)
-109 kg: Akbar Jo‘raev (dast ko‘tarish)
-109 kg: Ruslan Nurudinov (siltab ko‘tarish)
-109 kg: Akbar Jo‘raev (ikki kurash)

Kumush medal:
-109 kg: Akbar Jo‘raev (siltab ko‘tarish)
-109 kg: Ruslan Nurudinov (ikki kurash)

Bronza medal:
-81 kg: Muhammadqodir Toshtemirov (ikki kurash)

Endi terma jamoamiz Osiyo o‘yinlarida ishtirok etish uchun Saudiya Arabistonidan Xitoyga yo‘l oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдухаликов Мухаммад
18/09/2023 11:59
Хамиша омад
Тулкин Гуломов
18/09/2023 11:17
Офарин