
Og‘ir atletika. Bugun Osiyo chempionatida 11 ta medal qo‘lga kiritildi
Og‘ir atletikachilarimiz Hindistonda o‘tayotgan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining bugungi kunida ham sovrindorlar qatoridan joy olishdi. Sportchilarimiz ushbu kun bahslarida 2 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronza medallarini jamg‘arishdi.
Batafsil:
Oltin medal:
-67 kg: Nurillo Davlatboev (o‘smirlar, siltab ko‘tarish)
-67 kg: Husinboy Matrasulov (yoshlar, dast ko‘tarish)
Kumush medal:
-67 kg: Nurillo Davlatboev (o‘smirlar, dast ko‘tarish va ikki kurash)
-67 kg: Husinboy Matrasulov (yoshlar, siltab ko‘tarish va ikki kurash)
Bronza medal:
-61 kg: Azizbek Shomurodov (o‘smirlar, 3 ta yo‘nalishda)
-67 kg: Diyorbek Ro‘zmetov (yoshlar, siltab ko‘tarish va ikki kurash)
Manba: MOQ
Fikrlar