"Ofsayd, penalti va ziddiyatlar" - mashhur hakam "Real" - PSJ uchrashuvini boshqarib boradi

  • 7 iyul, 20:04
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Polshalik hakam Shimon Marchinyak Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati yarim finalida "Real Madrid" - PSJ o‘rtasidagi bahsni boshqarib boradi.

Tecno

Bu Marchinyakning turnir doirasida "Real" ishtirokidagi ikkinchi uchrashuvi bo‘ladi. U avvalroq 1/8 finalda madridliklarning "Yuventus" ustidan 1:0 hisobidagi g‘alabasiga hakamlik qilgan.

Marchinyakning "qirollik klubi" bilan bog‘liq tortishuvli pallasi – 2024 yil may oyidagi Chempionlar ligasi yarim finali. Unda klub "Bavariya"ni 2:1 hisobida mag‘lub etgan, biroq bahsli ofsayd tufayli "Bavariya"ning goli bekor qilingan va hakam tanqidga uchragan.

Shuningdek, u "Inter" – "Barselona" (4:3) o‘yinida ham bahsli qarorlari uchun kataloniyaliklarning tanqidiga sabab bo‘lgan.

"Real" va PSJ o‘rtasidagi yarim final 9 iyul kuni AQShning Ist-Raterford shahrida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!