O‘FAda xorijlik yangi texnik direktor ish boshladi

  • 21 fevral, 2024, 21:31
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun O‘FAda texnik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida FIFA vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda O‘FA prezidenti Abdusalom Azizov, FIFA texnik departamenti bosh mutaxassisi Mishel Sablon, belgiyalik taniqli mutaxassis Gi Kiala hamda mas’ul mutasaddilar ishtirok etdi.

Tecno

O‘FA rahbari O‘zbekistonda sportga, xususan, futbolga qiziqish yuqori ekanligini qayd etib, barcha terma jamoalarimiz oldiga yuqori maqsadlar qo‘yilganini ta’kidladi. Bu borada xalqaro tajribaga ega mutaxassislar bilan texnik hamkorlik qilish yurtimiz futbolini Evropa standartlari asosida shakllantirishga xizmat qilishini e’tirof etdi.

Avvalo xorijda katta tajriba to‘plagan mutaxassislar bilan hamkorlikni boshlashdan xursandmiz. Futbol — butun xalqimiz sevib tomosha qiladigan sport hisoblanadi. Hurmatli Prezidentimiz futbolga katta e’tibor qaratyapti. Muxlislarimiz ham juda talabchan, ular Osiyo kubogidagi ishtirokimizga tanqidiy munosabat bildirildilar. Ana shu tanqidlardan etarlicha xulosa chiqarib, Sizlarning yordamingiz bilan mamlakatda futbolni rivojlantirishni maqsad qilganmiz. G‘oya va takliflaringizni amalga oshirish yo‘lida bor imkoniyatimizni ishga solamiz. Eskicha ishlash, loqaydlikka yo‘l qo‘yishga endi haqqimiz yo‘q, dedi O‘FA rahbari.

o‘fa kiala

FIFA texnik departamenti bosh mutaxassisi Mishel Sablon murabbiylar ta’limi, terma jamoalar, O‘zPFL, akademiyalar faoliyati, bolalar, ommaviy va ayollar futboli, shuningdek, futzal, sport tibbiyoti va ilmiy-tahliliy yo‘nalishlari bo‘yicha yangi loyihalarni tatbiq etish imkoniyatlarini yuqori baholadi.

Belgiyalik mutaxassis Gi Kiala O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini aytib, ishonch uchun minnatdorchilik bildirdi. Shundan so‘ng, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Gi Kiala o‘rtasida shartnoma imzolandi. O‘FA rahbari oldinda turgan mas’uliyatli vazifalarni bajarishda mutaxassisga barcha sharoitlar taqdim etilishini ma’lum qilib, omad tiladi.

Ma’lumot uchun, O‘FA texnik direktori Gi Kiala OFK va UEFA Pro litsenziyasiga ega, faoliyati davomida Belgiya, Buyuk Britaniya, BAA va Saudiya Arabistonida ishlagan. Murabbiy, skaut, texnik direktor va instruktor sifatida tajriba to‘plagan.

O‘FA matbuot xizmati.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Rasul M
21/02/2024 23:10
Bunga beriladigan oylikni boshqa narsalarga yunaltirsa xususan travma olgan oyinchilarni davolatishga yuborsa koprok yoshlarda xoxish paydo boladi...Kopchilik talantli bollar travma olgandan keyin tashlap qoyilyapdi...yoki viloyatlarda akademiyalarni yolga qoyishsa uzbekistonlik yosh xakamlarni chet elga malaka oshirgana yuborishga yonaltirishsa koproq foydasi tegadi bu Roy Jons akamizam Soatda pochka sigareta chekip kofe ichishdan boshqasiga yaramaydiganga oxshaydi