O‘FA vakillari Namangandagi stadion ochilish marosimida ishtirok etishadi

  • 30 aprel, 2019, 11:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
O‘FA birinchi vitse-prezidenti Namangan shahridagi stadionning qayta foydalanishga topshirish marosimida ishtirok etadi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.
 
Xabaringiz bor, “Navbahor” klubi o‘zining uy uchrashuvlarini o‘tkazuvchi stadion maysasi O‘zPFL talablari darajasiga keltirildi. Undagi ilk rasmiy uchrashuvni yuz minglab futbol muxlislari intizorlik bilan kutishmoqda. 4 may kuni “Navbahor” mana shu stadionda Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubini qabul qiladi. Coca Cola Superligasining 7-turidan joy olgan uchrashuv ochilish marosimi nuqtai nazaridan kech soat 19:00 da boshlanadi.
 
Avvalroq O‘FA birinchi vitse-prezidenti Andijondagi “Sog‘lom avlod”ning qayta ochilishida ham ishtirok etgandi. Bungacha esa u Surxondaryoga tashrif buyurib, “Surxon” futbol klubi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!