O‘FA texnik direktori Trenerlik konventsiyasi bo‘yicha OFKning maxsus tekshiruv komissiyasi tarkibiga kiritildi

  • 17 oktabr, 2019, 11:56
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Bilasiz, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan muntazam ravishda trenerlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha OFKning maxsus kurslari o‘tkazib kelinadi.

Bu borada olib borilayotgan ishlar samarasi o‘laroq O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi texnik direktori Shovkat Imamov qit’a futbol uyushmasining Trenerlik konventsiyasi bo‘yicha maxsus tekshiruv komissiyasi tarkibiga kiritildi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Ayni kunlarda mazkur konventsiya bo‘yicha maxsus tekshiruv komissiyasi Quvaytda bo‘lib turibdi va Quvayt futbol federatsiyasi tomonidan o‘tkaziladigan trenerlar ta’limi bo‘yicha kurslar, bu borada olib borilayotgan ish jarayoni tekshirib, baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!