
O‘FA rahbariyati U-16 terma jamoasi bilan uchrashdi
Osiyo Kubogi saralash bosqichi oldidan O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov O‘zbekiston U-16 o‘smirlar terma jamoasi bilan uchrashdi.
Eslatib o‘tamiz, Islom Ismoilov boshqaruvidagi jamoamiz 23 oktyabrdan boshlab, 2025 yilgi U-17 Osiyo Kubogi saralash bahslarida ishtirok etishi rejalashtirilgan.
"E" guruhi o‘yinlari joriy yilning 23-27 oktyabr kunlari oralig‘ida Xitoy Taypeyida bo‘lib o‘tadi. Saralash natijalariga ko‘ra, 10 ta guruh g‘olibi va guruhda ikkinchi o‘rinni egallagan eng yaxshi 5 ta jamoa 2025 yilning 3-20 aprel kunlari Saudiya Arabistonida o‘tkaziladigan qit’a musobaqasining final bosqichiga yo‘l oladi.
1-tur 23.10.2024
O‘zbekiston - Falastin
2-tur 25.10.2024
Xitoy Taypeyi - O‘zbekiston
3-tur 27.10.2024
O‘zbekiston - Iroq
Fikrlar