Odiljon Aslanov: "Yaqin orada yangilik bo‘lishi kerak"

  • 14 dekabr, 2021, 23:30
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. 80 kilogramgacha bo‘lgan vaznda chempionlikni qo‘lga kiritgan Odiljon Aslonov SPORTS.uz sayti jurnalistining savollariga javob berdi.  

Tecno

-Final jangi haqida qanday fikrdasiz?

-Finalda tajribali raqib bilan jang olib bordim. U bilan avval ham to‘qnash kelganman. Unga qarshi yaxshi tayyorgarlik qilib yurgandim. Jahon chempionatidagi xatolarimdan so‘ng murabbiylarim bilan tayyorgarlikni kuchaytirdim. Xudo xohlasa, keyingi katta musobaqalarda ijobiy natijaga erishamiz.

-Adashmasam, birinchi raundni hakamlar raqibingizga berdi. Shu natijani eshitdingiz-mi?

-Natijani eshitmadim, ammo o‘zim buni murabbiylarimning ko‘rsatmalaridan kelib chiqib, sezdim.

-Finalga qadar bosib o‘tgan yo‘lingizda qaysi raqibingiz kuchli qarshilik ko‘rsatdi?

-Aniq bittasini ayta olmayman. Hammasi kuchli edi. Sababi, bu O‘zbekiston chempionati va bu erda oddiy raqib bo‘lmaydi.

Professional boksdagi faoliyatingiz haqida nima deya olasiz?

-Xudo xohlasa, yaqin orada yangilik bo‘lishi kerak. Shunday bo‘lgan taqdirda xabar beramiz.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!