Odil Ahmedov Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yin oldidan muxlislarga murojaat yo‘lladi
Xabaringiz bor, ertaga O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2022 ikkinchi saralash bosqichidan o‘rin olgan Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
O‘yindan oldingi matbuot anjumanida terma jamoamiz sardori Odil Ahmedov muxlislarga murojaat qildi.
- Ertangi o‘yin qanday muhimligini hamma bilib turipti. Shuning uchun muxlislar stadionga kelib bizni qo‘llab-quvvatlab turishsa, havo sovuqligiga qaramay kelishsa, albatta, yaxshi kayfiyat ulashishga harakat qilamiz.

Himoyadagi o‘yinim? Unchalik noqulaylik tug‘dirmadi. Chunki avval ham shu chiziqda to‘p tepganman, - dedi Odil Ahmedov.
Eslatib o‘tamiz, ushbu o‘yin ertaga 17:00da start oladi.



Fikrlar