
Odil Ahmedov jamoasi o‘tish o‘yinida g‘alaba qozondi va guruh bosqichiga yo‘l oldi
Bugun OChL o‘tish o‘yinida Odil Ahmedov to‘p tepayotgan "Shanxay SIPG" o‘z maydonida "Buriram Yunayted" klubini qabul qildi.
Muxlislarsiz stadionda o‘tkazilgan bellashuvda shanxayliklar 3:0 hisobida zafar quchishdi. Odil Ahmedov uchrashuvni to‘liq o‘tkazdi. "Shanxay SIPG" ushba g‘alabadan so‘ng guruh bosqichiga yo‘l oldi.
OChL-2020 o‘tish o‘yini
"Shanxay SIPG" - "Buriram Yunayted" 3:0
Gollar: Shenglong Li 77, Arnautovich 90+3, Xalk penalti 90+6
Endi "Shanxay SIPG" "H" guruhini to‘ldiradigan bo‘ldi. Guruhdagi jamoalar bilan tanishing:
Fikrlar