
OChL. Cheran yangi mavsumdagi dastlabki gol muallifi!
Bugun Osiyo chempionlar ligasi yangi mavsumiga start berildi.
Ayni damda "Paxtakor" Saudiyada Eronning "Sepaxon" jamoasi bilan o‘ynamoqda. Uchrashuvning 28-daqiqasida "sherlar" futbolchisi Dragan Cheran hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa, serb joriy mavsum O‘zbekistonda katta futbol mavsumi va Chempionlar Ligasi guruh bosqichida dastlabki gol muallifi bo‘ldi.
Fikrlar