
OChL. "Al-Hilol" so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi
OChL nimchorak finalidan o‘rin olgan "Sepaxon" - "Al - Hilol" uchrashuvi 1:3 hisobi bilan tugadi.
Dastlab, Rezayen 37-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 57-daqiqada Malkom imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. 76-daqiqada hakam mezbonlar himoyachisi Daneshgarga qizil kartochka ko‘rsatib, o‘yindan chetlashtirdi. 90+4 daqiqada Mitrovich jamoasini oldinga olib chiqdi. Oradan ko‘p o‘tmay Hamddan o‘yinga nuqtani qo‘ydi.
Shu tariqa, ilk bahsda riyodliklar zafar quchdi.
Fikrlar