OChL-2022: “Paxtakor” va “Nasaf” Saudiyaga qachon yo‘l olishi ma’lum

  • 29 mart, 2022, 15:00
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

7-27 aprel kunlari Saudiya Arabistoni Osiyo Chempionlar ligasi G‘arb mintaqasi guruh bosqich o‘yinlariga mezbonlik qiladi.

Tecno

O‘zbekistonning amaldagi chempioni “Paxtakor” klubi “D” guruhida ishtirok etadi va “Al Duhail” (Qatar), “Sepaxon” (Eron) hamda “Al Taavun” (Saudiya Arabistoni) jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

OChL Pley-offidan muvaffaqiyatli o‘tgan O‘zbekiston kubogi sohibi “Nasaf” esa “E” guruhida qatnashadi va “Al Sadd” (Qatar), “Al Faysali” (Saudiya Arabistoni) hamda “Al Vehdat” (Iordaniya) jamoalari qarshiligini enggishga urinadi.

“D” guruhi o‘yinlari Burayda shahrida, “E” guruhi esa Dammam shahrida bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston sharafini OChLda himoya qiladigan ikki klub ham Saudiyaga 4 aprel kuni charter reys orqali birgalikda yo‘l oladi. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar berdi.

Ikki klubimizga ham oldindagi nufuzli musobaqada omad tilaymiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!