Oblak “Chelsi” taklifini qabul qildimi?

  • 13 avgust, 2020, 20:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Atletiko” darvozaboni Yan Oblak “Chelsi” tomonidan o‘ziga bo‘layotgan qiziqishlarga munosabatini bildirdi.

Tecno

- Hozir turli mish-mishlarni muhokama qiladigan payt emas. Oldimizda “Leyptsig” jamoasiga qarshi Chempionlar ligasining muhim uchrashuvi bor.  Men mavsumdagi ishtirokim va kelajagim haqida barcha o‘yinlar yakunlanganidan keyin xotirjam fikr yuritaman va bir qarorga kelaman, - dedi Oblak.

Ispaniya chempionatining yakunlangan mavsumida 38 ta uchrashuvda 24 ta gol o‘tkazib, 17 ta o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan sloveniyalik darvozabonning jamoa bilan yana uch yillik shartnomasi bor.

“Atletiko” Oblakni 120 million evrodan arzonga qo‘yib yubormasligini ma’lum qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!