Oblak "Atletiko" bilan shartnomasini uzaytirdi

  • 28 fevral, 2018, 20:11
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Atletiko” klubi darvozaboni Yan Oblak jamoa bilan tuzilgan amaldagi shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda madridliklar prezidenti Enriko Sereso Radio Marca’ga ma’lum qildi.

Tecno

“Agar bilmagan bo‘lsangiz bilib oling, Oblak shartnomasini uzaytirdi”, - deydi Sereso.

Eslatib o‘tamiz, slovakiyalik posbon shartnomasini so‘nggi marta 2016 yil “Atletiko” bilan 2021 yilga qadar uzaytirgan edi. Yangi kelishuv qancha muddatga tuzilgani haqida esa hozircha ma’lumotlar oshkor etilmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!