Obameyang uchun kurashda qaysi klublar favorit?

  • 27 noyabr, 2019, 16:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi forvardi Per-Emerik Obameyang faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

Tecno

Daily Star nashri tarqatgan xabarga qaraganda 30 yoshli gabonlik futbolchiga "Barselona" va "Real" klublaridan qiziqishlar bor. Qolaversa, Obameyangning o‘zi ham boshqa chempionatga o‘tishga qarshi emas.

Aytish kerakki, kataloniyaliklar Obameyangni urugvaylik hujumchisi Luis Suaresga munosib nomzod sfifatida ko‘rish mumkin.

Ma’lumot uchun, Obameyang joriy mavsum 15ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 9 ta gol hamda 1 ta assist yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!