Obameyang Barselonaga etib keldi (foto)

  • 31 yanvar, 2022, 17:16
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyang "Barselona"ga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Jerar Romero o‘z tvitter sahifasida ma’lum qildi. 

Gabonlik futbolchi "Barselona" bilan shartnoma imzolashni xohlamoqda. Kataloniyaliklar uning ijarasi borasida "kanonirlar" bilan allaqachon kelishib bo‘lgan. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi. 

Transfer to‘liq yakunlanishi uchun Ispaniya klubini qaysidir futbolchi tark etishi lozim. 

Eslatib o‘tamiz, Obameyang joriy mavsum 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 2 ta samarali uzatma muallifiga aylandi.  

photo_2022-01-31_17-14-23

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!