
«Nyukasl»ning birinchi nishoni «Chelsi» futbolchisi
«Chelsi» vingeri Kristian Pulishich transferlar oynasida "Nyukasl Yunayted"ga qo‘shilgan birinchi yulduzlardan biri bo‘lishi mumkin.
Amerikalik futbolchi o‘yin amaliyoti kamligidan nolimoqda va yanvarda klubni tark etishi mumkin. Bu bir qancha Premer-liga va Evropa jamoalarining qiziqishiga sabab bo‘ladi.
23 yoshli futbolchi 2019 yilning yanvar oyida "Borussiya" Dortmunddan mavsumning qolgan qismini Bundesligada o‘tkazish sharti bilan 57,6 million funtga sotib olingan edi.
Avval xabar berganimizdek, Pulishich «Jenoa» uchun kutilmagan nishon bo‘ldi, ammo xabarda aytilishicha, yarim himoyachi «Nyukasl»ga o‘tishni maqsad qilgan. Sababi, u muntazam maydonda to‘p tepishni istaydi.
Fikrlar