"Nyukasl" qishda "Barselona"dan futbolchi sotib olmoqchi
"Barselona" himoyachisi Kleman Langle tez orada jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda Sport.es xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, frantsiyalik futbolchi "Nyukasl"ning qiziqishlar doirasiga kirib qolgan. Saudiya Arabistoni investitsiya fondi qo‘liga o‘tgan APL klubi yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davrida tarkibni kuchaytirmoqchi. Jumladan, “qarg‘alar” Langleni ham davralar oralig‘ida sotib olishni ko‘zlashmoqda.
Shu bilan birga “Nyukasl”ning yangi xo‘jayinlari qishki transferlar davrida yirik transferlarni amalga oshirishni rejalashtirmayapti.
Kleman Langle joriy mavsum “Barselona” safida La Ligada jami 4 ta o‘yinda maydonga tushdi.



Fikrlar