“Nyukasl” birinchi transferga tayyor
“Nyukasl” qishki transferlar oynasida bir necha yangi futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib oladi. Ayni paytda klub mutasaddilari tarkibni kuchaytiradigan o‘yinchilarning bir nechtasi bilan muzokara olib bormoqda.
Birinchi transferlardan biri “Yuventus” yarim himoyachisi Adrien Rabo bo‘lishi kutilmoqda. Frantsiyalik futbolchining agentlari muzokaraning dastlabki bosqichini muvaffaqiyatli yakunladi.
“Nyukasl” uni olish uchun 30 million evrodan voz kechishga tayyor. Raboning o‘ziga yiliga 10 million evro miqdorida maosh to‘lanadi.
“Yuventus” rahbariyati Raboni sotib yuborib, uning o‘rniga “Monako” vakili Orelen Tchuamenini olib kelishni rejalashtirgan.



Fikrlar